

Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi nomidan Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan chin ko'ngildan muborakbod etamiz. Sizga sihat-salomatlik, baxt-omad, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar, zafarlar tilab qolamiz.
Mamlakatimizda sport rivojiga qo'shayotgan hissangizni alohida etirof etish lozim. Zero, mana shunday e'tibor tufayli o'zbek yigit-qizlari yurtimiz bayrog'ini jahon arenalarida ko'klarga ko'taradilar. Mana shunday mas'uliyatli mehnatda sizga kuch-quvvat, g'ayrat, shijoat tilaymiz. Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi jamoasi



