Osiyo o'yinlari guruh bosqichidagi ikki raqibimiz musobaqaga bormaydigan bo'ldi. Endi nima bo'ladi?

Administrator
17 sen 2023, 21:30
Suriya va Afg'oniston Osiyo o'yinlarining futbol musobaqasida qatnashmaydigan bo'ldi.

Osiyo o'yinlarining futbol dasturida "C" guruhidan o'rin olgan Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz taqvimida o'zgarish yuz berdi. Dastlabki qur'a natijasiga ko'ra, ushbu kvartetdan O'zbekiston, Afg'oniston, Suriya va Gonkong jamoalari o'rin olgan edi. Ammo guruh bahslari boshlanishiga 2 kun qolganida Suriya va Afg'oniston futbol jamoalari XIX Osiyo o'yinlarida ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan. 

Vaziyatdan chiqish maqsadida O'yinlar tashkiliy qo'mitasi bu holat bo'yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga murojaat qildi va yakunda guruhda qolgan 2 jamoa ishtirokni davom ettirishi ma'lum qilingan. Shu bois, endi O'zbekiston va Gonkong jamoalari o'zaro ikki uchrashuvda kuch sinashgan holda guruh g'olibini aniqlab olishadi. Yangi taqvim bo'yicha o'yinlar 22 va 25-sentyabr sanalariga belgilandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Ўзбекистон миллий олимпия қўмитаси матбуот хизмати