Osiyo Kubogidagi dastlabki raqibimiz o'rtoqlik o'yinida durang qayd etdi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2024, 00:51
Osiyo Kubogida O'zbekiston bilan bitta guruhdan joy olgan Suriya terma jamoasi 8 yanvar kuni Malayziyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Turnir startidan avval ko'plab jamoalar yopiq eshiklar ortida uchrashuvlar o'tkazmoqda. Bu bahsga ham ikki jamoa vakillaridan boshqa deyarli hech kim kiritilmadi.


Suriya - Malayziya 2:2

Gollar: Pablo Sabbag 70, Ibrohim Hesar 74 - Arif Ayman Xanapi 39, Paul Josue 78.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi dastlabki raqibi Suriya hisoblanadi.

Ushbu bahs 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia