O'rtoqlik uchrashuvi. Husanov maydonga tushgan bahsda "Manchester Siti" g'alaba qozondi

Khoja
3 avg 2025, 08:33
"Manchester Siti" mavsumoldi tayyorgalik davomida kecha "Preston"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Pep Gvardiola ikkita bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. Abduqodir Husanov ushbu bahsda birinchi bo'limda harakat qildi.

Bahs 1:0 hisobida "shaharliklar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga Riko Lyuis mualliflik qilgan.


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://x.com/ManCity