O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" va "Paxtakor" murosa ko'chasini tanladi

Omonjon To`xtamirzayev
20 fev 2023, 17:24
PRO-Liga o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" jamoasi Toshkentdagi 2-bosqich yig'ini doirasidagi so'nggi o'yinida Superliganing amaldagi chempioni Toshkentning "Paxtakor" klubiga qarshi maydonga tushdi.

Qibrayda o'tgan uchrashuv murosasiz va qiziqarli kurashlarga boy bo'ldi. Shu kuni Vadim Abramov va Maksim Shackix o'yinga asosiy tarkibni maydonga tushirdi. 

Hisob 15-daqiqada "Paxtakor" legioneri Pshemislav Banashak tomonidan ochildi. Qayd etish lozim, 25-daqiqada Hojiakbar Alijonov va Francis Narx o'zaro orani ochiq qilgani uchun bosh hakam Ahror Risqullaev tomonidan chetlatildi.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Xurshid Ubaydullaev muvozanatni tikladi – 1:1.

"Dinamo" bugun Samarqandga qaytib, uch kundan keyin yana Toshkentga qaytib, yakuniy yig'inni boshlaydi.

 

O'rtoqlik o'yini. Qibray.
20 fevral (dushanba)
"Paxtakor" - "Dinamo" - 1:1
Bosh hakam:
Ahror Risqullaev
Gollar:  Pshemislav Banashak 15 – Xurshid Ubaydullaev 77

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Doston Tursunov, Shahzod Azmiddinov, Hojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Azizbek Turg'unboev, Pshemislav Banashak, Dostonbek Hamdamov, Dragan Cheran

Zaxiradan tushganlar: Quvvatov, Todorov, Hamraliev, Abdumajidov, Poyonov, Beglarxonov, Usmonov, Xolmatov, O'rinboev, Saidnurullaev, Turdimurodov, Sardor Rashidov.

"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Erkin Boydullaev, Evgeniy Nazarov, Salim Mustafoev, Komil Sharofutdinov, Jasur Qurbonov, Hazrat Tursunqulov, Francis Narx, Elguja Grigalashvili, Derrik, Joel
Zaxiradan tushganlar: Farhod Rahmatov, Bobur Mamadaminov, Xurshid Ubaydullaev, Jasur Xoldorov, Vohid Oqbo'taev, Koike Yudai, Javlon Malikov, Akmal Kozimov, Abdujamol Isroilov, Muhammadbobur Asadullaev, Vitaliy Akopov, Bahodir Abduvaliev.

Chetlatishlar: Hojiakbar Alijonov 25 – Francis Narx – 25.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Динамо" ФК матбуот хизмати