O'rtoqlik o'yini. "Dinamo" Qirg'izistondagi yig'inini g'alaba bilan yakunladi

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2023, 23:35
"Dinamo" jamoasi Issiqko'ldagi yig'in doirasida bugun, 20 iyul kuni so'nggi uchrashuvini o'tkazdi.

Samarqand jamoasi Qirg'iziston Premer-ligasi vakili "Talant" klubiga qarshi maydonga tushib, yig'in doirasidagi 4-o'yinida ham g'alabaga erishdi. Bahodir Nasimov va Kojo Joel tomonidan kiritilgan gol Vadim Abramov shogirdlariga qirg'iz klubi ustidan g'alaba keltirdi.


O'rtoqlik o'yini. 20 iyul

"Talant" (Qirg'iziston) - "Dinamo" (O'zbekiston) - 0:2

Gollar: Bahodir Nasimov 26, Kojo Joel 80.

"Dinamo": Farhod Rahmatov, Mirg'iyos Sulaymonov, Xurshidbek Ubaydullaev, Dushan Miyich, Salim Mustafoev, Erkin Boydullaev, Francis Narx, Vladimir Kozak, Koike Yudai, Bahodir Nasimov, Kojo Joel

Zaxira: Derrik, Hazratjon Tursunqulov, Elnur Saitmurotov, Bobur Mamadaminov, Abubakir Muydinov.

"Dinamo" jamoasi ertaga, 21 iyul kuni Issiqko'ldan Samarqandga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Динамо" ФК матбуот хизмати