O'quvchilarimiz "Navbahor" tarixidagi eng yaxshi futbolchini aniqlashdi

Narzulla Saydullayev
27 fev 2016, 18:50
Bugun Namanganda "Navbahor" klubining O'zbekiston chempioni bo'lganiga 20 yil to'lishi munosabati bilan katta shou uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bugungi kun "lochinlar"ga bag'ishlanishi haqida kecha xabar bergandik. Biz saytimiz o'quvchilari yordamida "Navbahor"ning tarixidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlashga qaror qildik.

Kun davomida saytimiz o'quvchilari so'rovnomada qatanshishdi. Unga ko'ra 30dan ortiq ovoz olgan Oleg Shackix o'quvchilarimiz tomonidan "Navbahor"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 1996 yilgi chempionlik mavsumida Shackix 23ta gol bilan chempionat to'purarlaridan biri bo'lgandi.


O'quvchilarimiz Dmitriy Batinkovni ikkinchi, Zafar Musaboev va Saydullo Tursunovni uchinchi o'ringa loyiq ko'rishdi.

Vali Keldiev, Qahramon Abduqodirov, Dmitriy Bashkevich, Mustafo Bayramov, Shuhrat Mirxoldirshoev, Farhod Magometov, Gennadiy Denisov, Tohir Madrahimov, Usmon Asqaraliev, Rashid G'ofurov, Patrik Agbo, Abduqahhor Marufaliev kabi futbolchilar ham o'quvchilarimiz tomonidan tilga olindi.

So'rovnomada qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia