Oq uy britaniyaliklarni JCH-2018ga bormaslikka chaqirdi

9 apr 2018, 23:27
Vashingtondagi Oq uy rasmiy vakili britaniyalik muxlislarni JCH-2018 o'yinlarini tomosha qilish uchun Rossiyaga bormaslikka chaqiryapti.

AQSH Prezidenti mamuriyati vakilining aytishicha, Britaniya va amerikalik muxlislar boshqalarga qaraganda Rossiya hududidagi xavfsizliklari kamroq kafolatlanadi. 

Nomini oshkor qilmagan Oq uy vakili Rossiyadagi AQSH va Buyuk Britaniya elchixonalari konsullik yordamini talab darajasida bera olmasligini aytmoqda. 

Ma'lumotlarga qaraganda, Rossiyaga Angliyadan taxminan 10 000 muxlisning tashrifi kutilyapti. Hozirgacha inglizlar 28 000ta chipta xarid qilib bo'lishgan. 

O'xshash yangiliklar