

Oliy liga vakiliga qarshi o'tish o'yinida maydonga tushadigan jamoamiz kechadan mazkur uchrashuvga mashg'ulotlarni boshladi. Rejalashtirilganidek, o'tish o'yiniga qadar nazorat bahslari tashkil qilinadi. Bugun shunday bellashuvlarning biri o'tkaziladi. “Oq-tepa” Qibrayda “Paxtakor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O'yin 14:00da start oladi.




