Onasi Mbappega PSJ bilan kelishuvni uzaytirishni maslahat berdi

Omonjon To`xtamirzayev
22 fev 2022, 17:34
PSJ forvardi Kilian Mbappening onasi endi o'g'li Fransiyada qolishini istamoqda.

Marca"ning xabariga ko'ra, parijliklarning taklifi Fayzu Lamarining oromini buzgan va u o'g'li bunday shartnomadan voz kechmasligi kerak deb hisoblaydi.

Lamarining fikricha, o'g'li klub va francuz futboliga minnatdorchilik ramzi sifatida kelishuvni uzaytirishi zarur. Bundan tashqari Mbappening onasi jamoaning sport direktori Leonardo hamda klub prezidenti Nasserom Al Xelayfi bilan yaxshi aloqada.

Biroq Kilianning fikri hamon o'zgarmagan: u "Real"ga ko'chib o'tishni istaydi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru