Onana "Inter"da bir mavsum uchun 3 million evro maosh oladi

Alisher
3 noya 2021, 13:10
"Ayaks" darvozaboni Andre Onana faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 25 yoshli kamerunlik futbolchi "Inter" bilan kelishuvga erishdi va "neradzurrilar" safiga erkin agent maqomida o'tadi. Futbolchi klub bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi, unga ko'ra, o'yinchining maoshi yiliga 3 million evroni tashkil etadi.

Onana 2022 yilning yozida erkin agent maqomida bo'ladi va uning kelishi "Inter"ga tekinga tushadi.

Eslatib o'tamiz, Onana 2021 yilning fevralida doping uchun 9 oyga diskvalifikaciya qilingan edi. Futbolchi ertadan maydonga tushishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira