“Oltin to'p-2022”ga da'vogarlar reytingi yangilandi

Eldor Akmurzayev
10 may 2022, 08:55
“Goal” 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisiga da'vogarlar ro'yxatini yangiladi.

Unda hali hamon “Real” forvardi Karim Benzema yetakchilik qilmoqda. Muhammad Saloh 2-bo'lsa, Sadio Mane Robert Levandovskini o'rnini egallab, kuchli uchlikka yakun yasamoqda.

“Oltin to'p”ning ko'p karra g'oliblari Lionel Messi (PSJ) va Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”)ga esa top-20 ro'yxatidan joy tegmagan.

Kuchli o'nlik quyidagi ko'rinishda:

1. Karim Benzema – "Real Madrid";

2. Muhammad Saloh – "Liverpul";

3. Sado Mane – "Liverpul"

4. Robert Levandovski – "Bavariya";

5. Kilian Mbappe – PSJ;

6. Vinisius Junior – "Real Madrid";

7. Luka Modrich – "Real Madrid";

8. Kevin de Bryuyne – "Manchester Siti";

9. Filip Foden – "Manchester Siti";

10. Trent Aleksander-Arnold – "Liverpul".

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal