"Olmaliq" stadioni mustaqillik bayramida ishga topshiriladi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013, 11:42
Xabaringiz bor, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yangi stadion qurilmoqda.
Olmaliqdagi yangi stadion qurilishi o'z yakuniga etay deb qoldi. Pardozlash ishlari tugayapti. Tribunalarga o'rindiqlar, maydonga chimni joylash qoldi. Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri @UFFuzbekistan xabar berdi.

"Olmaliq" futbol klubining yangi stadioni (fotoda maketi) shu yilning sentyabr oyida, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia