"Olmaliq" klubi bugun yangi futbolchilarni tanishtiradi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2017, 07:47
Bugun, 1 mart kuni "Olmaliq" klubi yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazadi.

Yangi mavsum oldidan tarkibga qo'shib olingan futbolchilarning tanishtiruv marosimiga barcha OAV vakillari taklif etiladi. Tadbir "Miran" mehmonxonasida soat 14:20da boshlanadi. Tanishtiruvdan so'ng jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo'ladi.

Manzil: "Miran" mehmonxonasi (mo'ljal Vestminster universiteti, Borovskiy nomidagi kollej)

"Olmaliq" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia