

Abdulov 2016 yilgi mavsum yakunida jarrohlik amaliyoti o'taganligi bois, dekabrdagi jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etolmagandi. Yanvar oyi boshida Toshkentdagi ikkinchi yig'inda o'zini yaxshi his qilgan posbon jamoa mashg'ulotlarida faol harakat qildi. Hujjat ishlari bilan Toshkentda qolgan Roman kecha Antaliyaga yetib keldi va har ikki mashg'ulotda qatnashdi. Bugungi mashg'ulot davomida u kutilmaganda oyog'idan jarohat oldi. Tekshiruv natijalariga ko'ra Abdulov kamida yarim yil maydonga tusha olmasligi mumkin.



