

Ushbu o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasi muxlislar klubi uchun "Paxtakor" stadionining 44-sektori ajratilgan. Bu sektor chiptalari sotuvga chiqarilmagan.
Ushbu sektor uchun chiptalar 12 noyabr kuni soat 16:00dan boshlab "Paxtakor" stadioni anxor bo'yi tomonidan kirishda tarqatiladi. Chiptalar teng ravishda taqsimlangan holda tarqatilishi maqsadida har bir klub sardorlariga taqdim etiladi. Eslatib o'tamiz, chiptalar a'zolik beyjiklari asosida beriladi.
Olg'a O'zbekiston!
Abdurahmon Fozilov



