Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Narzulla Saydullayev
6 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Muborakning "Mashal" klubi haqida ma'lumot beramiz.

Mavsum
Muborakliklar uchun mavsum ajoyib boshlandi. Namanganda "Navbahor", o'z maydonida "Andijon" mag'lub etildi va oliy ligada peshqadam bo'lib oldi. Biroq keyin mag'lubiyatlar va ochkolar yo'qotila boshlandi. Dastlabki davrani "Mashal" 10-pog'onada tugatdi. Ikkinchi davrada safarda "Olmaliq", Muborakda "Neftchi", "Bunyodkor" va "Nasaf" mag'lub etildi. 



Murabbiy
Aleksandr Xomyakov ikkinchi yil jamoa bilan oliy ligada ishladi. Rossiyalik murabbiy boshchiligida "Mashal" o'tgan yil 5-o'rinni olgandi. Bu yil esa natija pastroq bo'ldi. Murabbiy keyingi yil ham muborakliklar ustozi sifatida ishlashga yaqin turibdi. 



Yetakchi
Jahongir Jiyamurodov
Tajribali futbolchi bu yil "Mashal"ning yetakchisi bo'ldi. Yangi futbolchilar va yosh o'yinchilarga ham maydonda, ham uning tashqarisida o'rnak bo'lgan Jiyamurodov 26ta o'yinda maydonga tushdi. Murabbiy undan ko'proq qanot himoyachisi sifatida foydalandi. 



Kashfiyot
Humoyun Murtazoev
To'g'ri Humoyun Murtazoev yosh futbolchi emas. Biroq 24 yoshli hujumchi bu mavsum oliy ligada rostakamiga o'zini ko'rsata oldi. Futbolchi 21ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 6ta gol urdi. Ayniqsa Olmaliqda "Olmaliq"qa qarshi kechgan bahs uning benefisiga aylanib ketdi. O'sha o'yinda Murtazoev 7 daqiqa ichida dublga erishgandi. 



Eng yaxshi o'yin
"Mashal" - "Bunyodkor" 3:2
24-turda "Bunyodkor"ni qabul qilgan "gazchilar" tarixiy g'alabani qo'lga kiritishdi. O'sha kunga qadar Muborak ulbi "Bunyodkor" bilan xatto durang o'ynay olmagandi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Shaker Zuagi hisobni ochdi, oradan ikki daqiqa o'tgach Mikita Bukatkin hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo'limda "Mashal"ning sobiq hujumchisi Eldor Shomurodov maydon egalari darvozasini ishg'ol qildi. Ikkinchi bo'limda Siroj Hamroevning urgan goli muvozanatni tikladi. Xayrulla Karimov maydondan chetlatilgach Zafar To'raev to'p kiritib "Mashal"ga "Bunyodkor" ustidan dastlabki g'alabani keltirgandi - 3:2.  



Eng yaxshi futbolchi
Zafar To'raev
"Gattuzo" bu yil "Mashal" safida eng yaxshi futbolchi bo'la oldi. 25 yoshli yarim himoyachi mavsum davomida jamoa safida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi 29ta uchrashuvda 7ta gol urdi. Yarim himoyachi oliy ligada bir mavsumda eng ko'pi bilan 5ta gol urgandi. Demak u bu yil o'zining shaxsiy rekordini yangilay oldi. E'tiborlisi Zafar To'raev "Olmaliq" va "Paxtakor"ga qarshi ikkala o'yinda bittadan gol urishga erishdi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmpluaT.sana.O'yin     
Daqiqa   
Gol   
SK   
QK   
To'raev ZafarYahm01.07.1990292168750
Bukatkin MikitaYahm07.03.19882722992110
Fayziev SherzodYahm06.02.1992272199230
Qo'ziboev ZohirHuj11.03.1986262257430
Jiyamurodov JahongirYahm04.11.1987261916070
Hasanov JamshidHuj03.09.1988261732420
Shaymanov ShahzodHim02.04.1992261649150
Komilov G'iyosjonHim11.03.1989252200150
Shodmonov AbbosHim06.11.1988211720040
Murtazoev HumoyunHuj08.11.1992211348600
Nosirov BotirDar11.06.1985181541030
Hamroev SirojHim26.05.1990181541252
Quvvatov SanjarDar08.01.1990121069000
Ivanov Vladislav*Huj24.01.198612947500
G'ofurov Mirzohid**Yahm22.09.198812831120
Omonov AbbosYahm28.01.198812733040
Bahodirov Qahramon*Yahm07.08.198812639010
Toshpo'latov IxtiyorHuj04.03.199312367121
Dostonov ShoxruxHuj20.09.199311494110
Xolmurodov XolmurodYahm29.06.199411443020
Abibullaev Dilyaver**Yahm04.03.198710612020
Abdurahmonov Doston*Yahm05.05.19909232000
Nabiev AbdullaHuj27.09.19937139000
Boboxonov Iqbol*Him19.03.19894192020
Rahmatullaev Sirojiddin       
Yahm        
22.01.1993       
2129000
Allaev SirojiddinHim03.04.19932108000
Ilyosov JavohirDar06.02.1994190000
Hamdamov Tursunmurod*Yahm04.02.1995145000

Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Mashal-2015" mavsum statistikasi
O'yinlar30
Gollar37
Uydagi gollar24 (64,86%)
Mehmondagi gollar13 (35,14%)
O'tkazilgan gollar42
Uyda o'tkazilgan gollar17 (40,48%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar25 (59,52%)
O'rtacha gol1,23
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,4
Uydagi ochkolar26/45 (57,78 %)
Mehmondagi ochkolar12/45 (26,67 %)
Eng yirik g'alaba3:0 - "Qo'qon-1912"     
Eng yirik mag'lubiyat0:4 - "Bunyodkor"
"Quruq" o'yinlar7 (23,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar9 (30%)
Irodagi g'alaba3
Yirik g'alabalar1
Yirik mag'lubiyatlar2
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)0/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha)69 (2,3)
Chetlatishlar (o'rtacha) 3 (0,1)
Maydonga tushganlar (legioner)            
28 (2 - 7,14%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)122081 / 4069

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia