Olimpiya terma jamoamiz noyabr oyida Turkiyada yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2014, 11:54
Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi U-22 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
4 noyabr kuni olimpiya terma jamoamiz 2 haftalik yig'in o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketadi.

Eslatib o'tamiz, U-22 yoshlar o'rtasidagi navbatdagi Osiyo Chempionati saralash bahslari 2015 yilning mart oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi saralash bahslari taqvimi va sanasini hali tasdiqlamagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia