Oliy liga-2013 yakunlari. "Lokomotiv"ning eng, eng, eng...lari

Narzulla Saydullayev
16 noya 2013, 19:47
“Lokomotiv” klubi haqidagi so'nggi statistik maqola e'tiboringizga havola qilinmoqda.
“Temiryo'lchilar”ning mavsumdagi o'rtacha yoshi 28,4 ni tashkil qildi. Maydonga tushgan eng yosh o'yinchi Sardor Rahmonov bo'ldi. Akmal Xolmatov esa nafaqat jamoaning, balki chempionatning ham eng yoshi katta gol urgan futbolchisi bo'ldi. “Lokomotiv” darvozaboni Pavel Bugalo esa bu yil oliy ligada maydonga tushgan va sariq kartochka olgan eng faxriy futbolchi bo'ldi. Oldingi xabarlarda yozib o'tilganidek “Lokomotiv” bu mavsumda umuman qizil kartochka olmagan yagona klub bo'ldi.

Saytimiz xodimlari tomonidan “Lokomotiv”ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb Akmal Xolmatov tan olindi. Farhod Tojiev agarda birinchi davra so'nggida jarohat olmaganida eng yaxshi futbolchi bo'lishi mumkin edi. Bu hujumchini xodimlarimiz eng foydali o'yinchi deb topishdi.


Ko'rsatkich

Yosh

Futbolchi

Eng yosh gol urgan

23,244

Nagaev Ivan

Eng qari gol urgan

37,212

Xolmatov Akmal

Eng yosh maydonga tushgan

19,27

Rahmonov Sardor

Eng qari maydonga tushgan

38,354

Bugalo Pavel

Eng yosh sariq kartochka olgan

19,288

Aliboev Ikrom

Eng qari sariq kartochka olgan

38,354

Bugalo Pavel

Eng yosh qizil kartochka olgan



Eng qari qizil kartochka olgan



 

17 noyabr kuni O'zbekiston 22-milliy chempionati bronza medali sohibi "Nasaf" klubi haqida maqolalar beriladi.
 

Narzulla Saydullaev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia