Oliy liga. 14-tur. Lokomotiv – Navbahor 2:0

Narzulla Saydullayev
4 avg 2014
Oliy liganing 14-turidan o'rin olgan oxirgi o'yinda "Lokomotiv" va "Navbahor" klublari kuch sinashishdi.
O'yin taqdirini birinchi bo'limda mezbonlar tomonidan urilgan gollar hal qildi. 9-daqiqada Qozog'istondan qaytgan hujumchi Aleksandr Geynrix o'zini ko'rsatdi - 1:0.

Birinchi bo'lim tugashiga 2 daqiqa qolganida esa "temiryo'lchilar"ning yana bir yangi hujumchisi Alisher Shog'ulomovgol urdi - 2:0.

Ikkinchi bo'limda boshqa gol urilgani yo'q, shunday qilib "Lokomotiv" o'z uyida "Navbahor"dan ustun keldi.

Lokomotiv (Toshkent) – Navbahor (Namangan) 2:0
4 avgust. Toshkent. “TTYMI” stadioni. 19:00
Hakamlar
:
B. Namozov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi:
S. Najafaliev (Toshkent).

Gollar:
Aleksandr Geynrix, 9 - 1:0Alisher Shog'ulomov, 43 - 2:0(Ibrohim Rahimov)

"Lokomotiv":
Ignatiy Nesterov, Salim Mustafoev, Fozil Musaev, Islom To'xtaxo'jaev, Ivan Nagaev (Jasur Hasanov, 46), Ibrohim Rahimov, Shavkat Mullajonov, Dilshod Rahmatullaev, Aleksandr Geynrix, Alisher Shog'ulomov (Farhod Tojiev, 46), Lutfulla To'raev.
Zaxira: Temur Jo'raev, Ilhom Suyunov, Sadriddin Abdullaev, Sahob Jo'raev, Artyom Filiposyan, . 

"Navbahor": Doniyor Usmonov, Alisher Samatov (Alisher Mahmudov, 80), Rahmatullo Berdimurodov, Mansur Saidov (Shaxboz Erkinov, 46), Azim Ahmedov, Otabek Valijonov (Ilhom Boydadaev, 46), Robbim Hasanov, Toxir Shamsiddinov, Yuriy Rijko, Ruslan Kachur, Bobir Akbarov.
Zaxira: Xurshid Xodjaev, Botir To'raboev, Azam Aliev, Elyor Jahonov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia