Ole-Gunnar Sulsher: "Sovrin yutishni barcha istaydi"

Mirjalol Normatov
8 fev 2021, 23:24
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Kubogi doirasida "Vest Xem"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Yunayted" rivojlanish bosqichida deb ko'p gapiryapsiz. Ammo jamoa shunda ham bir necha marta yarim finallarga yetib keldi. Aytingchi, shuni olib qarasak, sovrin yutish jamoaga qanchalik muhim?
- Albatta sovrin uchun barcha harakat qiladi. Ammo Angliya Kubogi, Yevropa ligasi va APL - boshqa turnirlar. Ularning har biri alohida chaqiruv. Butun bir yo'lni bosib o'tish esa jamoaga haqiqiy tekshiruv sifatida xizmat qiladi.

Ha, yaxshilanib boryapmiz, bizda reja bor. Umid qilamanki, shu orqali jamoa yanada yaxshilanib boraveradi.

O'tgan mavsumda yarim finallarda yutqazganimiz bizni juda qattiq xafa qildi. Biz sovrinni boshimiz uzra baland ko'tarishni istaymiz. Ammo shu bilan yo'l tugamaydi. APL orqali biz yaxshi jamoa ekanligimizni isbotlab borishimiz lozim.

Final - doimiy tasodif hisoblanadi. Shunday oson qur'alar bo'ladiki, jamoa faqatgina finalda qiyin raqibga duch keladi. Demak, bu turnir bizning rivojlanishimiz uchun juda muhim. Oxirigacha borishga harakat qilamiz, - dedi Sulsher.

"Vest Xem"ga qarshi o'yin ertaga tunda soat 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal