"Old Trafford" suhandoni Tevesni sotqin deb ataydi

Mirjalol Normatov
11 noya 2018, 17:13
"FIFA 19" simulyatorida Karlos Teves "Old Trafford"da gol uradigan bo'lsa, stadion suhandoni uni sotqin deb ataydi.

Buning uchun Teves qanday jamoada o'ynashining ahamiyati yo'q. Suhandon Tevesni oddiy o'yinlarda ham, "Ultimate Team" rejimida ham sotqin deyaveradi.

Buning sababini yaxshi bilasiz. Argentinalik 2007-2009 yillarda "Yunayted", 2009-2010 yillarda "Siti" sharafini himoya qilgan. U "Yunayted"dan "Siti"ga o'tgani uchun "iblislar" muxlislari sotqin deb atashadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal