Olamsport.com: Fedor Emelyanenko jang o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2016
39 yoshli rossiyalik sportchi Fedor Emelyanenko bugun tunda braziliyalik Fabio Maldonadoga qarshi ringga chiqdi.

Jang uch raund davom etdi. Birinchi raundda braziliyalik sportchi katta ustunlikka erishdi. Ikkinchi raundda esa Emelyanenko tashabbusni qo'lga oldi va o'zining bir qancha zarbalari bilan kerakli ochkolarni ishlab oldi. Uchinchi raundda esa Emelyanenko biroz faolroq bo'ldi. Jang yakunlariga ko'ra ikki nafar hakam 29-28 hisobida Emelyanenkoning g'alabasini etirof etgan bo'lsa, uchinchi hakam 28-28 hisobidagi durangni qayd etdi.

Rossiyalik sportchi shu tariqa ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritmoqda.


Jangdan olingan suratlarni tomosha qiling >>> FOTOGALEREYA

Jang videosini tomosha qiling >>> VIDEO



Maldonado: “Fedor bilan revansh jangiga tayyorman”


Sportga oid so'nggi xabarlar www.olamsport.com saytida! Saytning feysbukdagi sahifasini ham kuzatib boring!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com