

Kecha Mirjalol Qosimov shogirdlari Tojikistonning Istiqlol klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 6:0 hisobida g'alaba qozondi. OKMK safida gollarning ikkitasiga albaniyalik hujumchi Kleydi Daci mualliflik qilgan.
Futbolchi ayni vaqtda Olmaliq jamoasida ko'rikdan o'tmoqda. Albaniyalik hujumchi 1999 yilda tug'ilgan. Uning so'nggi jamoasi Albaniyaning Teuta bo'lgan. Hujumchi o'tgan mavsum Albaniya Superligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishgan.



