O'FF va Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi o'zaro hamkorlik qiladi

Tolibjon Qosimov
17 noya 2017, 11:31
Avval xabar berganimizdek,bugun 17 noyabr kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Yaponiya Futbol Associyaciyasi o'rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu kelishuvasosida har ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish, turli musobaqalar va mavsumiy yig'inlarni tashkil etish, O'FF va YAFA terma jamoalari murabbiylari o'rtasida tajriba almashishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.
Shuningdek, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o'quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o'rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo'yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasida ham kelishuvga erishildi.


Bundan tashqari,  O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi hakamlikni rivojlantirish va tajriba almashish borasida ham hamkorlik qiladigan bo'ldi.

“Yaponiya Futbol Assotsiatsiya bilan kelishuvga erishilgani o'zbek futboli uchun juda katta foydasi tegadi, deb ishonaman. Yaponiya kabi futboli rivojlangan mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik qilish orqali O'zbekiston Futbol Federatsiyasi xodimlarining tajribasini va malakasini oshirish maqsad qilingan”, – deydi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com