Odil Ahmedov o'ynayotgan klub "Barselona" futbolchisiga ajoyib shartnoma taklif qildi

Alisher
1 noya 2019, 12:18
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal Xitoyning "Shanxay SIPG" klubidan bo'lgan ajoyib taklifni rad etdi.

Shanxay klubi o'yinchini xarid qilishni juda ham xohlagan edi va unga "2+1" ko'rinishidagi shartnoma taklif qildi.

Bundan tashqari, o'yinchining maoshi bir mavsum uchun 10 million evroni tashkil etishi belgilangan edi.

Biroq, chililik futbolchini bunday takliflar qiziqtirmadi va bu taklifni rad etdi.

Eslatib o'tamiz, Vidalga bundan tashqari Milanning "Inter" klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: FcIN