OCHL. Yarim finalning ilk juftligi ma'lum

Eldor Akmurzayev
18 sen 2019, 00:40
Osiyo chempionlar ligasining 1/4 finalidan o'rin olgan Al-Hilol (S.Arabistoni) hamda Al-Ittihod (S.Arabistoni) o'rtasidagi javob bahsida maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchishi.

Jamoalar o'rtasidagi ilk bellashuvda esa hisob ochilmagandi. Shu tariqa, Al-Hilol klubi, Urava Red Daymonds (Yaponiya) va Al-Sadd (Qatar) jamoalaridan keyin yarim finalning uchinchi ishtirokchisiga aylandi. Saudiyaliklar ushbu bosqichda Xavi shogirdlariga qarshi to'qnash kelishadi. 

Chorak finalning so'nggi javob o'yini esa Guanchjou Evergrand (Xitoy) hamda Kashima Antlers (Yaponiya) o'rtasida (ilk bahs 0:0) o'tkaziladi. Mazkur o'yin 18 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia