OCHL. "Al Sadd" - "Lokomotiv" uchrashuvini Benjamin Uilyams boshqaradi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2015, 10:46
17 mart kuni Toshkentning "Lokomotiv" klubi Doxada "Al Sadd" klubi mehmoni bo'ladi.
OCHL guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan mazkur bahsni avstraliyalik hakamlar boshqarib borishadi. Bosh hakam - Benjamin Uilyams. Unga qanotlarda hamyurtlari Metyu Krim va Pol Setrangolo yordam berishadi. Eslatib o'tamiz, ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45da boshlanadi.

OCHL. 3-tur. "S" guruhi
AL SADD - LOKOMOTIV
17 mart 2015. Doxa. "Jassim Bin Hamad" stadioni. 20:45
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Metyu Krim (Avstraliya), Pol Setrangolo (Avstraliya)
Zaxira hakami: Alan Milliner (Avstraliya)
Nazoratchi: Umar Abu Lum (Iordaniya)
Komissar: Kim Yong Ju (J.Koreya)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia