OCHL 2. "Andijon" - "Al Ahli" uchrashuvi chiptalarining narxi ma'lum

Khoja
29 sen 2025
Klub matbuot xizmati oydinlik kiritdi.

"Andijon"ning xalqaro maydondagi debyut uy uchrashuvi uchun 4 xildagi chiptalar sotuvga chiqarilgan. Chipta narxlari OFK talabiga muvofiq to'rt toifada - 50, 75, 100 va 150 ming so'm etib belgilangan. Chiptalar faqatgina "Bobur Arena" stadioni kassalari orqali sotiladi.

Eslatib o'tamiz, "Andijon" va "Al Ahli" o'rtasidagi uchrashuv 1 oktyabrga belgilangan.


KhojaMuallif
Manba: @andijonpfc