Obi Mikel Angliyaga qaytdi

17 avg 2020, 21:55
Nigeriyalik yarim himoyachi Jon Obi Mikel faoliyatini Angliyada davom ettiradi.

O'tgan mavsumni Turkiyaning "Trabzonspor" jamoasida o'tkazgan 33 yoshli xavbek "Stok Siti" bilan shartnoma imzoladi. Hozircha bitim tafsilotlari e'lon qilingani yo'q.

Obi Mikel uchun "Tumanli albion" begona emas. U bunga qadar "Chelsi" (2006-2017) va "Midlsbro" (2019) klublarida to'p tepgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/stokecity