OAVga har doim hurmat ko'rsatgan murabbiy, Tojikiston MTJ ustozi Petr Segrt "Tojikistonning oliy toifali murabbiyi" unvonini oldi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2024, 13:40
Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi, xorvatiyalik mutaxassis Petr Segrt boshchiligida terma jamoa Qatarda davom etayotgan Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Bu unvon Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi yoshlar va sport ishlari qo'mitasi raisi Zulfiqor Gulahmadzodaning buyrug'i bilan berildi.



Eslatib o'tamiz, 2023 yilgi Osiyo Kubogidagi debyut ishtirok yakunlariga ko'ra Tojikiston terma jamoasi ijobiy natijaga erishdi. Jamoa Dohada jami 5 ta uchrashuv o'tkazdi. Petr Segrt shogirdlari guruh bosqichida Xitoy bilan durang o'ynadi (0:0), Qatarga yutqazdi (0:1), Livanni mag'lub etdi (2:1). Musobaqaning 1/8 finalida Tojikiston terma jamoasi BAA termasidan kuchliroq bo'lib chiqdi (0:0, penaltilar bo'yicha – 5:3), ammo chorak final bosqichida Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'yinda munosib kurashib, mag'lub bo'ldi (0:1). Natijada terma jamoa 2023 yilgi Osiyo Kubogining kuchli sakkiz jamoasi qatoridan joy oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Тожикистон Футбол Федерацияси