“Nyukasl” Yanmat bilan 6 yillik shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2014, 09:15
Gollandiya terma jamoasi hamda “Feyenoord” klubi himoyachisi Daril Yanmat faoliyatini Angliyaning “Nyukasl” jamoasida davom ettiradi.
24 yashar futbolchi “hakkalar” bilan 6 yillik shartnoma imzoladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Yanmatning transferi “Nyukasl”ga 6 million funt sterlingga tushgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru