"Nyukasl" Mussa Diabi nomzodini ko'rib chiqmoqda

Alisher
5 may 2022, 18:24
"Nyukasl" Leverkuzenning "Bayer" klubi hujumchisi Mussa Diabi nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Nemis klubi o'yinchi uchun 50 million evro atrofida olmoqchi. Unga shuningdek Londonning "Vest Xem" klubi ham befarq emas.

Diabining "Bayer" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan va bu klubning o'yinchini osongina qo'yib yubormoqchimasligini anglatadi.

Diabi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker