"Nyukasl" braziliyalik futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'radi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2023, 13:27
Angliyaning "Nyukasl" klubi yozda "Flamengo" a'zosi Mateus Frankani o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

18 yoshli braziliyalik yosh iqtidor egasini o'ziniki qilish uchun ingliz klubi yaqindagina tugallangan qishki transferlar oynasining katta qismida ish olib bordi. Biroq barcha muzokaralar foyda bermadi. Yuborilgan takliflar qabul qilinmadi.

"Hakkalar" tomonidan Braziliya klubiga jami uchta taklif yuborildi. Ularning eng yirigi 20 mln evroni tashkil etdi. Biroq Janubiy Amerika klubi futbolchisini 25 mln evrodan kamiga qo'yib yubormasligini bildirdi. APL vakili ustozi Eddi Hau yana urinishlarini davom ettirish uchun mavsum oxirini kutib turadi. Shundan keyin ikkala tomonni qoniqtiruvchi taklif bilan chiqish ko'zda tutilgan.

Mateus Frankaga Angliya klubidan tashqari Bundesliga vakili "Bayer"dan ham qiziqish bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Coluna da Fla