"Nyukasl" 2 nafar markaziy himoyachi sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 apr 2024, 20:10
"Hakkalar" jarohat olgan Botman va Lassellsga o'rinbosar qidirmoqda.

"Nyukasl"ning yozgi transfer oynasidagi ustuvor vazifasi ikki markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash bo'ladi, deya xabar berdi "Football Insider".

Ma'lumotlarga qaraganda, "hakkalar" jarohati tufayli uzoq vaqt maydonga tusha olmagan Sven Botman va Jamol Lassells o'rniga futbolchi izlamoqda.

Botman ushbu mavsum "Nyukasl" safida 22 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Lassells esa 26 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider