26 avgust, dushanba kuni Abu Dabi shahrida shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qur'a tashlash marosimida, jahon chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan barcha jamoalarning vakillari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Qur'a tashlash marosimi 26 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Nuraliev shogirdlari 16-23 avgust kunlari Toshkentda yig'in o'tkazishdi va Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi uchta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi o'zining navbatdagi yig'inini 2-9 sentyabr kunlari Avstriyada o'tkazadi.