Nunu Santu: "Portugaliya Ronaldu bilan faxrlanadi"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2021
"Tottenxem" ustozi Angliya Premer-ligasining 10-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan 36 yoshli Krishtianu Ronaldu o'z vatanini butun dunyoga qanday tanitgani haqida gapirdi.

"Butun Portugaliya Ronaldu bilan faxrlanadi. Milliy g'ururimizga aylangan Krishtianu ko'plab aql bovar qilmaydigan natijalarga erishdi.

Dunyo bo'ylab sayohat qilganimda va odamlar mening portugaliyalik ekanligimni bilishganida, doim Ronalduni eslashadi. U biz uchun qanchalik muhim ekanligini tasavvur qilavering. Gap tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri haqida ketmoqda", - dedi Nunu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC