Nunu Santu APLda avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2021, 20:48
"Tottenxem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Premer-ligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Angliya Premer-ligasi yangi mavsumining dastlabki uch turida "shporlar"ning muvaffaqiyatli ishtiroki jamoa murabbiyining mehnati bilan bog'liq. 47 yoshli portugaliyalik murabbiy qo'l ostida "Tottenxem" o'tgan oyda minimal hisobda uch bor muvaffaqiyatga erishdi, "Manchester Siti", "Vulverxempton" va "Uotford"ga qarshi o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa londonliklar 2021/22 yilgi mavsumda Premer-liganing dastlabki uch uchrashuvida g'alaba qozondi.

Santuga "Everton"dan Rafael Benites, "Vest Xem" ustozi Devid Moyes va "Chelsi" ustozi Tomas Tuxel raqobatchi bo'lishgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premierleague.com