

- Jamoada Robert Levandovski singari hujumchi bo'lishi qo'shimcha imkoniyat beradi. Levandovski jarima maydonchasi ichida - "qotil". Robert jarima maydonchasi ichida qanday o'ynash kerakligini, qayerda qanday yo'l tutish lozimligini yaxshi biladi. U hech qachon raqib darvozasi oldida sovuqqonlikni yo'qotmaydi.
Robert mashg'ulotlar paytida ham har doim gol urishni istaydi. Levandovski golga chanqoq hujumchi.
Hujumchilar faoliyatida pasayish va yuqorilash davri bo'ladi. Bu tabiiy narsa. Masalan Tomas Myuller Yevropa chempionatida juda yaxshi o'ynadi. Ammo raqib darvozasi oldida unga omad yetishmadi. Bu kabi holatlar barcha futbolchilar bilan ruy beradi.
O'ylaymanki, bizning hujumchilar yangi mavsumda ham o'tgan yilgi samaradorlikni saqlab qolishadi.



