Noyer klublar miqyosida 700 ta o'yin o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
13 dek 2023, 22:51
"Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuv Manuel Noyer uchun muhim voqeaga aylandi.

Chempionlar ligasi doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda (1:0) maydonga tushgan "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer klublar miqyosida 700-o'yinini o'tkazdi. Germaniyalik posboni ularning 318 tasida to'p o'tkazib yubormadi.

Eslatib o'tamiz, Noyer 2011 yilgacha "Shalke"da, shundan keyin haligacha "Bavariya" safida maydonga tushmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Opta Sports