Noyer Chempionlar Ligasida Kanning natijasini takrorladi

Alisher
23 okt 2019, 12:57
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer nemis posbonlari o'rtasida rekordchiga aylandi.

Noyer YCHL doirasidagi "Olimpiakos" (3:2)ga qarshi o'yin orqali ushbu musobaqada 103-bahsida darvozani qo'riqladi.

Kan o'zining CHLdagi barcha o'yinlarini "Bavariya"da o'tkazgan. Noyer oldinroq "Shalke"da o'ynagan va evrokuboklarda 22ta o'yinda maydonga tushgan.

Nemis futbolchilari ichidagi mutlaq rekord esa "Bavariya" va "Shtutgart" sobiq himoyachisi Filipp Lamga tegishlidir. Uning hisobida 112ta o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com