Noyer 8,5 oydan keyin yana "Bavariya" bilan mashg'ulotda qatnashdi

Omonjon To`xtamirzayev
28 avg 2023, 15:34
Manuel Noyer jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

"Bild"ning xabariga ko'ra, bugun 28 avgust kuni Noyer "Bavariya"ning qolgan kiperlari bilan birga mashq qilgan. Bu 37 yoshli golkiperning sakkiz yarim oydan beri umumiy guruh mashg'ulotida ishtirok etgan birinchi mashg'uloti.

Manuel Noyer o'tgan yilning dekabr oyida dam olish vaqtida chang'ida uchayotib, oyog'ini sindirib olgandi. "Bavariya" va Germaniya termasi golkiperi 2022 yil 1 dekabridan buyon mashg'ulotlarda ishtirok eta olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bild Bayern