Nosir Otaqo'ziev "Qo'qon-1912"ga o'tdi

Tolibjon Qosimov
13 yanv 2015
O'tgan mavsum "Neftchi" sharafini himoya qilgan xujumchi jamoasini o'zgartirdi.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmatining saytimizga ma'lum qilishicha, tajribali futbolchi endilikda qo'qonliklar uchun o'ynaydi. Jamoa u bilan bugun shartnoma imzolagan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa yana bir qator futbolchilar bilan muzokara o'tkazmoqda. Bu haqda keyinroq yana xabar beriladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia