

Eng yaqin taqibchilar “Uotford” va “Suonsi” 42-turda g'alaba qozona olmagani “kanareykalar”ga yuqori divizionga qaytish imkoni taqdim etdi.
Daniel Farke shogirdlari turnir jadvalida 2-o'rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo'lib ulgurdi.
“Norvich” 41 uchrashuv o'tkazib, 90 ochko to'plagan holda Chempionshipda yaqqol peshqadam bo'lib turibdi. Keyingi o'rinlarda borayotgan “Uotford” 82 ball, “Suonsi” esa 76 ochko jamg'argan.
Qayd etish joizki, “Norvich” bir yillik tanaffusdan so'ng yana APLga qaytishga erishdi.

Instagram'dagi @angliyfutboli sahifasiga obuna bo'ling!



