Nike Ronaldu bilan shartnomani bekor qilishi mumkin, bunga futbolchining Adidas mahsuloti bilan o'yin o'tkazgani sabab bo'ldi

Оқил Абдубарноев
20 iyul 2023, 19:19
Nike kompaniyasi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.

38 yoshli futbolchi "Al Nassr" bilan birgalikda "Selta"ga qarshi (0:5) ilk mavsumoldi uchrashuvida maydonga tushdi va dastlabki bo'limda harakat qilib, ikkinchi bo'limni tribunadan kuzatdi.

Biroq Ronaldu mag'lubiyatdan tashqari boshqa jihatlar bilan ham gap-so'zlarga sabab bo'ldi. Yani Nike bilan shartnoma tuzgan hujumchi mazkur bahsda Adidas X Pro oyoq himoyachiglaridan foydalangan.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik forvardning kompaniya bilan tuzgan shartnoma miqdori 147 million funt-sterlingni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail