Niderlandiyalik murabbiy Ten Xagga yordamchi bo'lishni istamadi

Оқил Абдубарноев
9 may 2022, 19:59
Niderlandiyalik murabbiy Fred Ryutten joriy mavsum yakunida Erik Ten Xagga "Manchester Yunayted"da yordamchi sifatida qo'shilish taklifini rad etdi.

Avvalroq “Tvente”, “Shalke-04”, “PSV Eyndxoven”, “Vitess” va “Feyenoord” klublarida ishlagan 59 yoshli mutaxassis o'z vatanida qolishni, u yerda Rud van Nistelroyning yordamchisi sifatida PSVga qaytishni rejalashtirmoqda. Ryutten bu qarorga oilaviy sharoitni sabab qilib ko'rsatdi.

"Erik ten Xag mendan "Manchester Yunayted"da yordamchi bo'lishimni so'ragandi, lekin men rad etdim. Har bir inson hayotda tanlov huquqiga ega. Mening oilam bor, ko'rishni istaydigan nevaralarim bor. O'zga shaharda o'zimni noqulay his qilardim" - deydi Ryutten.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports