Niderlandiya klubi futbolchilari jamoasini qutqarish uchun maoshlaridan voz kechishdi

Оқил Абдубарноев
7 may 2024, 22:02
Niderlandiyaning "Vitess" jamoasi futbolchilari klubni moliyaviy inqirozdan qutqarish uchun maoshlarining bir qismidan voz kechishdi.

Shuningdek, jamoaning qarzlardan qutilib, tiklanishi uchun muxlislar va turli kompaniyalardan xayriya pullari kelib tushmoqda. Bu say-harakatlar natijasida hozirga qadar 1 million evrodan ortiq mablag' yig'ildi.

"Vitess"ning qarzlari 18,9 million evroni tashkil etadi, bu esa klubning licenziya olish uchun bo'lgan talablarga javob bermaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: nu.nl