"Nicca" Klyuyvert bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
10 iyul 2021
"Roma" hujumchisi Jastin Klyuyvert faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

"Nicca" 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda. Transfermarkt o'yinchini 14 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Klyuyvert 2020/21 yilgi mavsumni ijara asosida "Leyptsig"da o'tkazdi.

Jastin o'tgan mavsum jamoa tarkibida 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: YohZe