Neymarning yaqinlari futbolchini PSJda qolishini tasdiqlashdi

1 sen 2019, 09:48
“Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Neymar joriy transfer oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirmaydi, deya xabar bermoqda RMC Sport.

Ushbu xabarni 27 yoshli hujumchining yaqinlaridan biri nashrga ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, ushbu yilning yozida Neymar PSJni tark etmoqchi ekanligi haqida aytgandi. Futbolchining transferini “Barselona”, “Real” va “Yuventus” qo'lga kiritish niyatida edi. Kataloniya klubi futbolchining Ispaniyaga qaytarish uchun faol harakat qildi. Ammo tomonlar yakunda transfer kelishuviga erisha olishmagan ko'rinadi.

2018/19 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi parijliklar safida barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining francuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport