Neymarning otasi: "Real"ning o'g'limni xarid qilish imkoniyati nolga teng"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2016, 12:02
"Barselona" hujumchisi Neymarning otasining so'zlariga ko'ra, uning o'g'li boshqa klublar bilan muzokara o'tkazmayapti.

"Neymar "Barselona"ga tegishli. Har qanday taklif va xabarlar klub orqali keladi. O'g'limning amaldagi shartnomasi bor, "Barselona" esa hammasi haqida biladi.

Neymar bilan bog'liq ko'plab yolg'onlar bor. Uning o'yiniga qiziquvchi jamoalar bor, ammo bu ular bilan muzokara o'tkazilyapti degani emas. O'g'lim "Barselona"da baxtli. "Real"ga keladigan bo'lsak, ularning o'g'limni xarid qilish imkoniyati nolga teng" - deydi futbolchining otasi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FOX Sports